Milliy Tafakkurning Abstrkat Leksika Shakllanishiga Ta’siri

Авторы

DOI:

https://doi.org/10.71078/g6m4xh11

Ключевые слова:

antropotsentrizm, abstraksiya, emotsional bilish, mental bilish, mentalitet, lug‘at, abstrakt so‘zlar

Аннотация

Til lug‘ati muntazam ravishda boyib boradi va abstrakt so‘zlar soni ortib boradi. Agar til taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida lug‘aviy tarkib asosan konkret so‘zlardan iborat bo‘lgan bo‘lsa, keyingi davrlarda u abstrakt so‘zlar bilan boyiy boshladi. Inson tafakkurining abstraksiyalash faoliyati takomillashuvi natijasida tilda abstrakt so‘zlar shakllandi va mazkur jarayonning uzluksiz rivoji til leksik tarkibining abstrakt leksik birliklar bilan to‘lib borishini ta’minladi. Belgini va munosabatni obyektdan ajratilgan holda anglash, bevosita kuzatishdan tashqaridagi hodisa va mohiyatlarni idrok etish, insonning ma’naviy-axloqiy olamining rivoji abstrakt tafakkur bilan chambarchas bog‘liqdir.

Til lug‘atini abstrakt so‘zlar bilan boyitishda asosiy omil – inson omili bo‘lib, zamonaviy insoniyatning jadal taraqqiyoti yangi abstrakt so‘zlarning vujudga kelishini belgilaydi. Buning sabablari sifatida dunyo va inson haqidagi bilim va tasavvurlarning tobora murakkablashuvi, insonning ruhiy-ma’naviy olamining takomillashuvi, davlat boshqaruvi va iqtisodiyotning rivoji, keng qamrovli axborotni ixcham shakllarda ifodalash ehtiyojining ortishi, texnologiya imkoniyatlari tufayli videomahsulotlarning sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilishi, internet, kompyuter texnologiyalari va kosmonavtika sohasidagi yutuqlar ko‘rsatib o‘tiladi.

Maqolada abstrakt so‘zlarning shakllanishida inson omilining o‘rni va ularning til lug‘atidagi mavqei aniqlanadi. Abstrakt so‘zlarning hosil bo‘lishida ratsional bilishning roli yoritib beriladi. Inson omilini belgilash maqsadida taraqqiyot darajasi past bo‘lgan jamiyatlar tilida abstrakt tushunchalarni nomlash xususiyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘zbek xalqining ibtidoiy mental xususiyatlarining tilda ifodalanishiga doir misollar keltiriladi.

Биография автора

  • M.K. Hakimova , Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti

    Prof. Dr.

Библиографические ссылки

Абдуллаева, Д. (2010). Ўзбек тилида антисемия (Филол. фан. номз. дисс.). Тошкент.

Брикотнина, Л. В. (2005). Специфика семантики абстрактных имен качества и ее экспликация в синтаксисе (Канд. филол. наук дисс.). Барнаул.

Брушлинский, А. В. (1986). Мышление. В Общая психология. Москва.

Бюиссанс, Э. (2016). Абстрактное и конкретное в лингвистических фактах: речь–дискурс–язык. Political science (RU), 3, 209–216.

Горский, Д. П. (1961). Вопросы абстракции и образования понятий. Москва: АН СССР.

Калинина, Л. В. (2009). Лексико-грамматические разряды имён существительных как пересекающиеся классы слов (Докт. филол. наук дисс.). Киров.

Кемеров, В. (1998). Философская энциклопедия. Москва: Панпринт.

Маҳмудов, Н. (2017). Тил тилсими тадқиқи. Тошкент: Mumtoz so‘z.

Потанина, О. С. (2006). Способы языковой реализации абстрактных понятий в диалектах хантийского языка (Канд. филол. наук дисс.). Томск.

Пылаева, О. Б. (2002). Лакунарность лексико-семантического поля «природа» (Автореф. канд. филол. наук дисс.). Кемерово.

Rahmatullayev, Sh. (2006). Hozirgi adabiy o‘zbek tili (Darslik). Toshkent: Universitet.

Туленов, Ж., & Ғофуров, Ю. (1997). Фалсафа. Тошкент: Ўқитувчи.

Фалсафа: қомусий луғат. (2004). Тошкент: Шарқ.

Шаумян, С. (2002). Абстракция в современной лингвистике. Вопросы языкознания, 1, 34–57.

Ўзбек тилининг изоҳли луғати (1-жилд). (2006). Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси.

Загрузки

Опубликован

2025-12-26

Выпуск

Раздел

Тюркология

Как цитировать

Milliy Tafakkurning Abstrkat Leksika Shakllanishiga Ta’siri. (2025). Qutty Bilik, 2(4). https://doi.org/10.71078/g6m4xh11

Похожие статьи

1-10 из 31

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.